Кирилл

Maxfiylik siyosati

Qisqasi: yozgan matnlaringiz va fayllaringiz saqlanmaydi va hech kimga berilmaydi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-noyabr

Matn va fayllar

Anonim statistika

Ilovalar va sayt kuniga bir marta faqat «ishlatildi» belgisini yuboradi: tasodifiy raqam (birinchi ishga tushganda yaratiladi), platforma (Android, Windows, Mini App, sayt) va versiya. Ism, telefon raqami, Telegram akkaunti, yozgan matningiz yoki joylashuv yuborilmaydi. Buni ilova sozlamalarida yoki sayt pastidagi «Anonim statistika» tugmasi bilan oʻchirish mumkin.

Telegram bot statistika uchun Telegram ID, tanlangan alifbo, test natijasi va foydalanish sanalari va sonlarini saqlaydi.

Reklama

Ilovalarda homiylar kartasi (oʻzimiz joylagan havola) chiqishi mumkin; u hech qanday maʼlumot yigʻmaydi. Android ilovada keyinchalik Yandex Mobile Ads reklamasi yoqilishi mumkin. Shunda Yandex reklama koʻrsatish uchun qurilmaning reklama identifikatoridan foydalanishi mumkin (Yandex maxfiylik siyosati). Internet boʻlmasa, reklama chiqmaydi.

Bogʻlanish

Savol va taklif uchun: Telegram bot → /fikr.