Yangi oʻzbek alifbosi: ö, ğ, ş, ç
O‘RQ-1184-son Qonun (21.10.2026) bilan lotin alifbosidagi toʻrtta harf oʻzgardi. Qolgan harflar avvalgidek qoladi.
Ö ö
oʻ · ў
Oʻzbekiston → Özbekiston
Ğ ğ
gʻ · ғ
togʻ → toğ
Ş ş
sh · ш
shahar → şahar
Ç ç
ch · ч
choʻl → çöl
Qoidalar
- Katta harflar ham oʻgiriladi: SHAHAR → ŞAHAR, Shahar → Şahar, OʻZBEKISTON → ÖZBEKISTON.
- Tutuq belgisi (ʼ) oʻz joyida qoladi: maʼno → maʼno, sheʼr → şeʼr.
- s va h alohida tovush boʻlsa, ular orasiga tutuq qoʻyiladi va ş boʻlmaydi: Isʼhoq → Isʼhoq.
- ng oʻzgarmaydi: tong → tong, ming → ming.
- Kirill matn ham toʻgʻridan-toʻgʻri yangi alifboga oʻtadi: Тошкент → Toşkent, Ўзбекистон → Özbekiston.
- Havolalar, e-mail, @username va #teg tegilmaydi.
Qanday yoziladi?
- Android: Harfix ilovasini oʻrnating. Uning klaviaturasida sh, ch, oʻ, gʻ yozsangiz, darhol ş, ç, ö, ğ ga almashadi. Tepadagi qatorda ö ğ ş ç tayyor turadi.
- Windows: Harfix dasturi istalgan dasturda yozayotganda oʻgiradi. Belgilangan matn uchun — Ctrl+Shift+H.
- Boshqa yoʻl: Türkçe Q klaviaturasida ö ğ ş ç tugmalari bor. Diqqat: unda I tugmasi nuqtasiz ı yozadi.
- Eng oson yoʻli — odatdagidek yozib, matnni shu yerda oʻgirish.
Oʻgirib koʻring
Natija
Natija shu yerda chiqadi
Bilimingizni sinang: yangi alifbo boʻyicha test →
Koʻp soʻraladigan savollar
Yangi alifboda nechta harf bor?
Yangi lotin alifbosida 28 ta harf va tutuq belgisi bor: oʻ, gʻ, sh, ch oʻrniga ö, ğ, ş, ç.
Tutuq belgisi (ʼ) qoladimi?
Ha. maʼno, sheʼr kabi soʻzlarda tutuq belgisi saqlanadi; s va h alohida tovush boʻlsa (Isʼhoq), ular orasiga tutuq qoʻyiladi.