Kirilldan lotinga oʻgirish
Kirill matnni qoʻying va kerakli lotin alifbosini tanlang: eski lotin (hozirgi, oʻ gʻ sh ch) yoki yangi lotin (ö ğ ş ç).
Kirill harflari lotinda qanday yoziladi
Koʻp harflar bittaga bitta oʻtadi. Quyidagilarga eʼtibor bering:
| Kirill | Eski lotin | Yangi lotin |
|---|---|---|
| ў | oʻ | ö |
| ғ | gʻ | ğ |
| ш | sh | ş |
| ч | ch | ç |
| ё, ю, я | yo, yu, ya | yo, yu, ya |
| ҳ, х | h, x | h, x |
| қ | q | q |
| ъ | ʼ | ʼ |
Misollar
| Kirill | Eski lotin | Yangi lotin |
|---|---|---|
| Тошкент шаҳри | Toshkent shahri | Toşkent şahri |
| Ўзбекистон | Oʻzbekiston | Özbekiston |
| чўл ва тоғ | choʻl va togʻ | çöl va toğ |
| Ер юзи | Yer yuzi | Yer yuzi |
| маъно | maʼno | maʼno |
| шеър | sheʼr | şeʼr |
| цирк | sirk | sirk |
| оила | oila | oila |
е soʻz boshida va unlidan keyin ye, qolgan joyda e boʻladi; ц va ь ham oʻzbek lotin imlosi qoidalari boʻyicha yoziladi — Harfix bularni oʻzi hisobga oladi.
Butun faylni oʻgirish kerakmi?
Word, Excel va PowerPoint fayllarni Fayllar sahifasida oʻgiring — shrift, rang va jadvallar oʻzgarmaydi. PDF va skaner qilingan hujjatlar uchun Telegram botimiz bor.
🔒 Matn brauzeringizning oʻzida oʻgiriladi va hech qayerga yuborilmaydi.
Koʻp soʻraladigan savollar
Kirilldan lotinga qaysi alifboga oʻgirgan maʼqul?
Hozircha rasmiy hujjatlarda eski lotin (oʻ, gʻ, sh, ch) ishlatiladi. Yangi alifboga (ö, ğ, ş, ç) oʻtish uchun «Yangi lotin»ni tanlang. Ikkalasi ham bir tugma bilan almashadi.
Ruscha soʻzlar ham toʻgʻri oʻgiriladimi?
Oʻzbek matnidagi ruscha soʻzlar (masalan, sirk, sentabr) oʻzbek lotin imlosi qoidalari boʻyicha yoziladi.