Кирилл

Harfix'ni yuklab olish

Yangi alifboda yozish uchun telefon va kompyuterga Harfix'ni oʻrnating. Bepul, internetsiz ishlaydi.

📱

Android

Android 8.0 va undan yangi · versiya 1.3.1 · 3.7 MB

  • Harfix klaviaturasi: sh → ş, ch → ç, oʻ → ö yozayotganda oʻzi almashadi; oʻzgarish kerak boʻlmasa — darhol Backspace.
  • Odatiy klaviaturada (Gboard bilan yozganda oʻgirish) — Google Play versiyasida boʻladi: Google Play Protect bu imkoniyatni internetdan yuklangan ilovalarda bloklaydi.
  • Belgilangan matn: istalgan ilovada matnni belgilab, menyudan «Harfix» — oʻsha joyda oʻgiriladi.
  • Fayllar: Word, Excel, PowerPoint — «Ulashish → Harfix».
⬇ Android uchun yuklab olish (.apk)
Qanday oʻrnatiladi?
  1. Faylni yuklab oling va oching.
  2. Telefon «nomaʼlum manbadan oʻrnatish»ga ruxsat soʻrasa — Sozlamalar → Ruxsat berish.
  3. Oʻrnatishni bosing, keyin Harfix'ni ochib, «Klaviatura» boʻlimidagi qadamlarni bajaring.

Fayl Telegram orqali kelgan boʻlsa: Telegram ba'zi telefonlarda .apk faylni oʻzi ochmaydi. Faylni ⋮ → «Yuklab olishlarga saqlash» qiling, keyin Fayllar → Download dan oching.

💻

Windows

Windows 10 va 11 (64-bit) · versiya 1.2.0 · 60.3 MB

  • Yozayotganda oʻgirish: Word, brauzer, Telegram — istalgan dasturda. Ctrl+Shift+Y — yoqish/oʻchirish.
  • Belgilangan matn: Ctrl+Shift+H — oʻsha joyning oʻzida oʻgiriladi.
  • Fayl va papkalar: Word, Excel, PowerPoint, PDF, skanerlar (OCR), eski .doc — butun papkani bir yoʻla.
⬇ Windows uchun yuklab olish (.exe)
Qanday oʻrnatiladi?
  1. Yuklab olingan Harfix-Setup.exe ni ishga tushiring. Administrator huquqi kerak emas.
  2. Windows «Windows protected your PC» deb ogohlantirsa — More info → Run anyway. Dastur hali raqamli imzoga ega emas, shuning uchun shunday chiqadi.
  3. Oʻrnatilgach, Harfix soat yonida ishlaydi va kompyuter yonganda oʻzi ishga tushadi.

«An Application Control policy has blocked this file» chiqsa — kompyuterda Smart App Control yoqilgan va u hali raqamli imzosi yoʻq dasturlarni ochmaydi. Bunday kompyuterlar uchun imzolangan versiya tayyorlanmoqda; hozircha Telegram bot va shu saytdan foydalaning.

✈️

Telegram

Oʻrnatish shart emas

  • Bot: matn, Word/Excel/PowerPoint, PDF, rasm (OCR), eski fayllar; guruhlarda va inline rejimda ham.
  • Mini App: botdagi «Harfix» tugmasi — oʻgirgich, alifbo va test Telegram ichida.
Botni ochish

🔒 Harfix yozganlaringizni hech qayerga yubormaydi. Batafsil: maxfiylik siyosati.